Barcha yo'riqnomalar
Foydalanish yo'riqnomasi

O'quvchi

Imtihon topshirish, natijalar, uyga vazifa, dars jadvali, davomat, reyting, to'lovlar va Telegram.

Ochilgan oynada "PDF sifatida saqlash" ni tanlang yoki printerga yuboring.
1

Bosh sahifa

Kirganingizda nima qilish kerakligini darhol ko'rasiz.

  1. Topshirish kerak: hali ishlamagan imtihon va vazifalar soni.
  2. Keyingi darslarim: qachon, qaysi xonada va kim bilan.
  3. Uyga vazifalar va Sizga biriktirilgan imtihonlar: kartochkani bosib darhol boshlaysiz.
  4. Davomatim: necha foiz darsga kelganingiz.
2

Imtihon topshirish

Imtihonni telefon yoki kompyuterdan ishlash mumkin. Javoblar har safar avtomatik saqlanadi.

  1. Bosh sahifada yoki Imtihonlarim da imtihonni bosing.
  2. Har bir savolga javob bering: testda to'g'ri variantni bosing, tarjimada so'zni yozing, gap tuzishda shu so'z bilan gap yozing.
  3. Yuqorida nechta savolga javob berganingiz ko'rinadi.
  4. Hammasini tugatgach, pastdagi Imtihonni topshirish ni bosing va tasdiqlang.
Diqqat: Imtihon paytida boshqa oyna yoki ilovaga o'tmang. O'qituvchi buni ko'radi, belgilangan sondan ko'p chiqsangiz imtihon avtomatik yakunlanadi. Tasodifan bo'lsa, o'qituvchingizga ayting: u qayta ochib beradi.
3

Natijalarim

Test va tarjima savollarining natijasi darhol chiqadi. Gap tuzish bo'lsa, o'qituvchi tekshirgandan keyin xabar olasiz.

  1. Menyudan Natijalarim ni oching.
  2. Natijani bosing: har bir savol bo'yicha javobingiz va to'g'ri javob ko'rinadi.
  3. O'qituvchi xatoni belgilagan bo'lsa, xato so'z ajratilgan va izoh yozilgan bo'ladi.
4

Uyga vazifa topshirish

Vazifani matn yozib yoki daftaringizni rasmga olib yuborasiz.

  1. Menyudan Uyga vazifalar ni oching va vazifani bosing.
  2. Topshiriqni o'qing. Javobni yozing yoki fayl (rasm, PDF) biriktiring.
  3. Topshirish ni bosing. O'qituvchi baholagach, ball va izoh shu yerda chiqadi.
  4. "Qayta ishlash" deb qaytarilsa, izohni o'qib, tuzatib qayta topshiring.
5

So'z mashqi

Ba'zi vazifalarda so'zlarni yodlash mashqi bo'ladi. Har bir javobdan keyin to'g'ri yoki noto'g'ri ekanini darhol ko'rasiz.

  1. Vazifani oching va Mashqni boshlash ni bosing.
  2. So'zlar birma-bir chiqadi, javob bering.
  3. O'tish foizidan (masalan 80%) yuqori natija olsangiz, vazifa bajarilgan hisoblanadi. Urinishlar soni vazifada yozilgan.
6

Dars jadvali va davomatim

  1. Dars jadvali: haftalik darslaringiz. Dars bekor qilinsa yoki qo'shimcha dars qo'yilsa, shu yerda ko'rinadi va xabar keladi.
  2. Davomat: qaysi darsga kelganingiz, kechikkaningiz yoki qoldirganingiz.
7

Reyting

Darsga kelish, vazifa va imtihonlar uchun XP to'playsiz va guruhdagi o'rningizni ko'rasiz.

  1. Menyudan Reyting ni oching.
  2. Darsga kelsangiz +5 XP, vazifani vaqtida topshirsangiz +10 XP, imtihon uchun 0-20 XP.
  3. Oy davomida eng faollar nishon oladi.
8

To'lovlarim

  1. Menyudan To'lovlarim ni oching: har oy qancha hisoblangani va qancha to'langani.
  2. Har bir to'lovning chekini ochib ko'rish mumkin.
9

Telegramga ulanish

Yangi imtihon, baho, dars bekor qilingani va to'lov haqida Telegramda xabar olasiz.

  1. Profil menyusidan Profil → Telegram bo'limini oching.
  2. O'zingiz uchun Menga ulash ni bosing, keyin Telegramda ochish va botda Start.
  3. Ota-onangiz uchun Ota-ona uchun havola ni bosing va havolani ularga yuboring.