Пока это руководство доступно только на узбекском языке. Перевод скоро появится.
Kirganingizda nima qilish kerakligini darhol ko'rasiz.
- Topshirish kerak: hali ishlamagan imtihon va vazifalar soni.
- Keyingi darslarim: qachon, qaysi xonada va kim bilan.
- Uyga vazifalar va Sizga biriktirilgan imtihonlar: kartochkani bosib darhol boshlaysiz.
- Davomatim: necha foiz darsga kelganingiz.
Imtihonni telefon yoki kompyuterdan ishlash mumkin. Javoblar har safar avtomatik saqlanadi.
- Bosh sahifada yoki Imtihonlarim da imtihonni bosing.
- Har bir savolga javob bering: testda to'g'ri variantni bosing, tarjimada so'zni yozing, gap tuzishda shu so'z bilan gap yozing.
- Yuqorida nechta savolga javob berganingiz ko'rinadi.
- Hammasini tugatgach, pastdagi Imtihonni topshirish ni bosing va tasdiqlang.
Внимание: Imtihon paytida boshqa oyna yoki ilovaga o'tmang. O'qituvchi buni ko'radi, belgilangan sondan ko'p chiqsangiz imtihon avtomatik yakunlanadi. Tasodifan bo'lsa, o'qituvchingizga ayting: u qayta ochib beradi.
Test va tarjima savollarining natijasi darhol chiqadi. Gap tuzish bo'lsa, o'qituvchi tekshirgandan keyin xabar olasiz.
- Menyudan Natijalarim ni oching.
- Natijani bosing: har bir savol bo'yicha javobingiz va to'g'ri javob ko'rinadi.
- O'qituvchi xatoni belgilagan bo'lsa, xato so'z ajratilgan va izoh yozilgan bo'ladi.
Vazifani matn yozib yoki daftaringizni rasmga olib yuborasiz.
- Menyudan Uyga vazifalar ni oching va vazifani bosing.
- Topshiriqni o'qing. Javobni yozing yoki fayl (rasm, PDF) biriktiring.
- Topshirish ni bosing. O'qituvchi baholagach, ball va izoh shu yerda chiqadi.
- "Qayta ishlash" deb qaytarilsa, izohni o'qib, tuzatib qayta topshiring.
Ba'zi vazifalarda so'zlarni yodlash mashqi bo'ladi. Har bir javobdan keyin to'g'ri yoki noto'g'ri ekanini darhol ko'rasiz.
- Vazifani oching va Mashqni boshlash ni bosing.
- So'zlar birma-bir chiqadi, javob bering.
- O'tish foizidan (masalan 80%) yuqori natija olsangiz, vazifa bajarilgan hisoblanadi. Urinishlar soni vazifada yozilgan.
6
Dars jadvali va davomatim
- Dars jadvali: haftalik darslaringiz. Dars bekor qilinsa yoki qo'shimcha dars qo'yilsa, shu yerda ko'rinadi va xabar keladi.
- Davomat: qaysi darsga kelganingiz, kechikkaningiz yoki qoldirganingiz.
Darsga kelish, vazifa va imtihonlar uchun XP to'playsiz va guruhdagi o'rningizni ko'rasiz.
- Menyudan Reyting ni oching.
- Darsga kelsangiz +5 XP, vazifani vaqtida topshirsangiz +10 XP, imtihon uchun 0-20 XP.
- Oy davomida eng faollar nishon oladi.
- Menyudan To'lovlarim ni oching: har oy qancha hisoblangani va qancha to'langani.
- Har bir to'lovning chekini ochib ko'rish mumkin.
Yangi imtihon, baho, dars bekor qilingani va to'lov haqida Telegramda xabar olasiz.
- Profil menyusidan Profil → Telegram bo'limini oching.
- O'zingiz uchun Menga ulash ni bosing, keyin Telegramda ochish va botda Start.
- Ota-onangiz uchun Ota-ona uchun havola ni bosing va havolani ularga yuboring.