Все руководства
Руководство пользователя

Administrator (kassir)

Yangi o'quvchini ro'yxatga olish, to'lov qabul qilish, chek, qarzdorlar, kassa va arizalar.

В открывшемся окне выберите «Сохранить как PDF» или отправьте на принтер.
Пока это руководство доступно только на узбекском языке. Перевод скоро появится.
1

Bosh sahifa

Bosh sahifada bugungi tushum, qarzdorlar, yangi arizalar va bugungi darslar ko'rinadi.

  1. Menyuda sizga kerakli bo'limlar: Dars jadvali, Moliya, Arizalar, O'quvchilar va Guruhlar.
  2. Pastdagi tez tugmalar: Yangi o'quvchi, Guruhlar, To'lov qabul qilish va Bugungi kassa.
  3. Eng katta qarzlar ro'yxati kimga birinchi qo'ng'iroq qilish kerakligini ko'rsatadi.
2

Yangi o'quvchini ro'yxatga olish

O'quvchi kelganda uni tizimga kiritib, darhol guruhga yozasiz va to'lovini olasiz.

  1. Menyudan O'quvchilar → Yangi ni bosing.
  2. Ism, familiya va telefonni yozing.
  3. Login o'ylab toping (masalan ali.valiyev) va parol yozing.
  4. Guruhga yozish qismida guruhni va boshlagan sanani tanlang.
  5. Saqlang. O'quvchining to'lov sahifasi ochiladi: to'lovni shu yerda qabul qilasiz.
  6. Login va parolni o'quvchiga yozib bering (yoki ota-onasiga Telegram orqali).
3

To'lov qabul qilish

Pul olgan zahoti tizimga kiriting, shunda qarz va kassa doim to'g'ri bo'ladi.

  1. Menyudan Moliya ni oching. O'quvchini qidiruv maydonidan toping.
  2. Qatordagi + To'lov tugmasini bosing (yoki o'quvchi hisobida To'lov qabul qilish).
  3. Summani, to'lov turini (naqd, karta, o'tkazma) va guruhni tanlang.
  4. Qabul qilish ni bosing. Chek tayyor bo'ladi: Chop etish tugmasi bilan chiqaring yoki o'quvchiga ko'rsating.
  5. Telegram ulangan bo'lsa, o'quvchi va ota-onasiga chek xabari o'zi boradi.
4

O'quvchi hisobi

Har bir o'quvchining hisob varag'ida qancha hisoblangani, qancha to'lagani va to'lovlar tarixi bor.

  1. Moliya da o'quvchi ismini bosing.
  2. O'ng yuqorida holat: Toza (qarzi yo'q) yoki qarz summasi.
  3. Har oy alohida qator: hisoblangan summa va to'langanmi. Qalam belgisi bilan oylik summani (kelishuvga ko'ra) o'zgartirasiz.
  4. To'lovlar tarixi: har bir to'lovni qayta chop etish yoki xato bo'lsa bekor qilish (sababini yozish shart).
Совет: Bekor qilingan to'lov o'chib ketmaydi: u tarixda va direktorning harakatlar jurnalida qoladi.
5

Qarzdorlar va eslatma

Qarzdorlarga bittalab qo'ng'iroq qilish shart emas.

  1. Moliya da Qarzdorlar tugmasini bosing: faqat qarzi borlar qoladi.
  2. Qarzdorlarga eslatma tugmasi Telegrami ulangan qarzdorlar va ota-onalariga qarz summasi bilan xabar yuboradi.
  3. Eslatmani kuniga bir marta yuborish mumkin.
6

Kunlik kassa

Kun oxirida kassadagi pul tizimdagi bilan mos kelishini tekshiring.

  1. Moliya → Kassa ni bosing.
  2. Kunni tanlang: naqd, karta va o'tkazma alohida, har bir to'lov ro'yxati bilan.
  3. Naqd summa kassada bo'lishi kerak bo'lgan pul. Sahifani chop etib, imzo bilan topshirish mumkin.
7

Arizalar bilan ishlash

Saytdan kelgan arizalarga tez qo'ng'iroq qilish yangi o'quvchini yo'qotmaslikning eng yaxshi yo'li.

  1. Menyudan Arizalar ni oching va yangi arizani bosing.
  2. Yashil tugmani bosib qo'ng'iroq qiling.
  3. Izohga nima kelishilganini yozing va Bog'lanildi ni bosing.
  4. Kelishilgan bo'lsa O'quvchi qilib ro'yxatdan o'tkazish ni bosing: ism va telefon formaga o'zi tushadi.
8

Boshqa guruhga o'tkazish

O'quvchi vaqtini yoki darajasini o'zgartirsa, uni yangi guruhga o'tkazasiz.

  1. Guruhlar dan o'quvchining hozirgi guruhini oching.
  2. O'quvchi qatoridagi ikki strelkali tugmani bosing. Bir nechta o'quvchini birdaniga o'tkazish uchun yuqoridagi O'tkazish ni bosib, ularni belgilang.
  3. Yangi guruh va qaysi kundan o'tishini tanlang. Chegirma yangi guruhda ham qolsin desangiz, Chegirma saqlansin belgisini qoldiring.
  4. Izoh yozib O'tkazish ni bosing.
  5. To'lov hisobi o'zi to'g'rilanadi: oyning 15-kunigacha o'tsa, yangi guruh narxi olinadi.
9

Ota-onani Telegramga ulash

Ota-ona farzandining davomati, bahosi va to'lovi haqida Telegramda xabar oladi. Telefon raqami so'ralmaydi.

  1. Moliya da o'quvchi ismini bosib, hisob varag'ini oching.
  2. Telegram xabarlari qismida Ota-ona uchun havola ni bosing.
  3. Havolani nusxalab ota-onaga yuboring (SMS, Telegram yoki WhatsApp orqali).
  4. Ota-ona havolani ochib, botda Start ni bosadi. Ulanganlar shu ro'yxatda ko'rinadi.
Совет: Havola bir marta ishlaydi va 7 kun amal qiladi. Bitta o'quvchiga 6 tagacha Telegram (o'zi va ota-onalari) ulanadi.