Все руководства
Руководство пользователя

O'qituvchi

Yo'qlama, so'zlar, imtihon yaratish va topshirish, jonli kuzatish, javoblarni tekshirish, uyga vazifa.

В открывшемся окне выберите «Сохранить как PDF» или отправьте на принтер.
Пока это руководство доступно только на узбекском языке. Перевод скоро появится.
1

Bosh sahifa

Bugungi darslaringiz, tekshirilishi kerak bo'lgan ishlar va hozir imtihon ishlayotgan o'quvchilar shu yerda.

  1. Bugungi darslar: har bir dars yonida Yo'qlama qilish tugmasi.
  2. Tekshirish kutilmoqda: o'quvchilar topshirgan, lekin siz hali baholamagan imtihon va vazifalar.
  3. Jonli nazorat: imtihon ketayotgan paytda kim nechta savolga javob bergani va kim oynadan chiqqani.
2

Yo'qlama qilish

Yo'qlama 1 daqiqa oladi. Darsning o'zida yoki darsdan keyin qiling.

  1. Bosh sahifada yoki Davomat bo'limida darsni toping va Yo'qlama qilish ni bosing.
  2. Hamma kelgan bo'lsa, Hammasi keldi ni bosing. Keyin kelmaganlarni o'zgartiring.
  3. Har bir o'quvchi uchun tanlang: Keldi, Kechikdi, Sababli yoki Sababsiz. Izoh ixtiyoriy.
  4. Saqlash ni bosing.
Совет: Ism yonidagi qizil "qarzdor" belgisi o'quvchining to'lovi kechikkanini bildiradi. Summani faqat administrator ko'radi.
3

Oylik jurnal

Guruhning butun oylik davomati bitta jadvalda.

  1. Davomat → o'ngdagi Oylik jurnal dan guruhni tanlang.
  2. Strelkalar bilan oldingi oylarga o'ting.
  3. Har bir katakda belgi: keldi, kechikdi, sababli yoki sababsiz.
4

So'zlar to'plamini yuklash

Imtihon va mashqlar so'zlar to'plamidan tuziladi. Avval so'zlarni yuklaysiz.

  1. Menyudan So'zlar → Yuklash ni bosing.
  2. Faylni tayyorlang (.txt yoki .docx): har qatorda bitta so'z. Tarjimani tire bilan, misol gapni chiziq | bilan yozish mumkin: travel - sayohat qilmoq | I love to travel.
  3. To'plam nomini yozing (masalan Unit 5: Travel), faylni tanlab Yuklash ni bosing.
  4. To'plam sahifasida so'zlarni qo'shish, tahrirlash yoki o'chirish mumkin.
Совет: Tarjimasi yozilgan so'zlardan tuzilgan test va tarjima savollari avtomatik baholanadi.
5

Imtihon yaratish

Online imtihonni o'quvchi telefon yoki kompyuterda ishlaydi. PDF imtihon qog'ozga chop etish uchun.

  1. Menyudan Imtihonlar → Yangi imtihon ni bosing.
  2. Sarlavha yozing va turini tanlang: Online yoki PDF.
  3. So'zlar to'plamini tanlang.
  4. Savol turlari: Test (4 variant), Tarjima EN → UZ, Tarjima UZ → EN, Gap tuzish. Bir nechtasini tanlasangiz, savollar aralash beriladi.
  5. Online imtihonda Anti-cheat (ko'chirishdan himoya) yoqiq turadi: o'quvchi necha marta oynadan chiqsa imtihon yakunlanishini yozing.
  6. Savollar sonini (PDF uchun variantlar sonini ham) yozib Yaratish ni bosing. PDF imtihon variantlarini yuklab olib chop etasiz.
Совет: Test va tarjima avtomatik baholanadi, o'quvchi natijani darhol ko'radi. Gap tuzishni siz tekshirasiz.
6

Imtihonni guruhga berish

Imtihon yaratilgach, uni guruhga yoki bitta o'quvchiga muddat bilan berasiz.

  1. Imtihon sahifasida Imtihon topshirish qismini toping.
  2. Guruhga ni tanlang (yoki bitta o'quvchiga), guruhni va muddatni belgilang.
  3. Topshirish ni bosing. O'quvchilarga xabar boradi.
  4. Anti-cheat: yoqilgan bo'lsa, o'quvchi imtihon oynasidan necha marta chiqsa imtihon yakunlanishini belgilaysiz. To'liq ekranda o'tsin ni ham yoqish mumkin.
7

Jonli kuzatish va blokdan ochish

Imtihon ketayotganda kim boshlagani, nechta javob bergani va kim oynadan chiqqanini real vaqtda ko'rasiz.

  1. Imtihon sahifasidagi topshiriq qatorida Topshirishlar ni bosing.
  2. Yuqorida: tayinlangan, topshirgan, baholangan va o'rtacha natija.
  3. Jadvalda har bir o'quvchining holati, javoblar soni va oynadan chiqishlar soni.
  4. O'quvchi tasodifan oynadan ko'p chiqib, imtihoni yopilgan bo'lsa, Blokdan ochish ni bosing: u javoblari saqlangan holda davom etadi.
8

Javoblarni tekshirish

Gap tuzish savollarini siz baholaysiz. Xatoni belgilab qo'ysangiz, o'quvchi nima noto'g'ri ekanini ko'radi.

  1. Kuzatish sahifasida o'quvchi qatoridagi Tekshirish ni bosing (bosh sahifadagi "Tekshirish kutilmoqda" dan ham ochiladi).
  2. Xato so'zni bosing. Bir nechta so'z bo'lsa, avval birinchisini, keyin oxirgisini bosing.
  3. Xato turini tanlang (imlo, artikl, zamon, so'z tartibi, grammatika...), xohlasangiz izoh va to'g'ri variantini yozib Qo'shish ni bosing.
  4. Har bir savolga ball qo'ying va Natijani saqlash ni bosing. O'quvchiga xabar boradi.
Совет: E'lon qilingan natijani keyin o'zgartirsangiz, sababini yozish kerak. O'quvchi o'zgarish tarixini ko'radi.
9

Uyga vazifa berish

Vazifa oddiy (matn yoki rasm yuborish) yoki so'z mashqi (avtomatik tekshiriladi) bo'lishi mumkin.

  1. Menyudan Uyga vazifalar → Vazifa berish ni bosing (yoki yo'qlama sahifasidagi Uyga vazifa berish).
  2. Guruhni tanlang, sarlavha va topshiriqni yozing.
  3. Muddat o'zi keyingi darsdan 1 soat oldinga qo'yiladi, xohlasangiz o'zgartiring. Maksimal ballni yozing.
  4. So'z mashqi (ixtiyoriy): so'zlar to'plamini tanlasangiz, o'quvchi so'zlarni mashq qiladi va javoblar avtomatik tekshiriladi.
  5. Kerak bo'lsa fayl (rasm, PDF, audio) biriktiring va Vazifani berish ni bosing. O'quvchilarga xabar boradi.
10

Vazifani baholash

Vazifa sahifasida kim topshirgani, kim hali topshirmagani va kim qayta ishlayotgani ko'rinadi.

  1. Uyga vazifalar dan vazifani oching.
  2. O'quvchining javobini o'qing, ball va izoh yozib Baholash ni bosing.
  3. Qayta ishlash kerak bo'lsa, izoh yozib Qayta ishlashga qaytarish ni bosing.
  4. O'ngdagi raqamlar: berilgan, tekshirilmoqda, qayta ishlash, bajarildi, bajarilmadi.
  5. Jadval belgisi barcha vazifalar bo'yicha umumiy jadvalni ochadi, uni Excel'ga yuklab olasiz.
11

Reyting

Guruhingiz reytingini yoqing: o'quvchilar XP to'plash uchun darsga kelib, vazifani vaqtida topshiradi.

  1. Menyudan Reyting ni oching va guruhni tanlang.
  2. Reytingni o'quvchilarga ko'rsatmaslik kerak bo'lsa, O'quvchilardan yashirish ni bosing. Qaytadan ochish ham shu yerda.
  3. O'quvchilar o'z o'rnini ko'radi, eng faollari nishon oladi.